AsosiyDunyo

Qochqinlar oqimiga dosh berolmagan Italiyada favqulodda holat e`lon qilindi(video)

'Qochqinlar oqimiga dosh berolmagan Italiyada favqulodda holat e`lon qilindi(video)'ning rasmi

Migrantlar sonining tez ortib borayotgani munosabati bilan Italiyaning Lampeduza oroli hukumati favqulodda holat e`lon qildi.

Orol Merining so`zlariga ko`ra, orol “qattiq stress” ostida. Uning aholisi qochqinlarga mustaqil ravishda yordam berishga harakat qilishgan, ammo ularning oqimi to`xtamagach, mahalliy aholining kuchi etmay qolgan. Ular rasmiylardan zudlik bilan bunga echim topishni talab qilmoqdalar.

Bir kun avval orolga 5 mingdan ortiq muhojir kelgan. Bu Lampeduza aholisi bilan deyarli teng miqdorda. Bunday vaziyatda Italiya Qizil Xoch tashkiloti gumanitar inqirozni e`lon qildi.

    Boshqa yangiliklar