AsosiyJamiyat

Toshkentda 31 yoshli jurnalist ayol dori reaksiya berishi oqibatida vafot etdi

'Toshkentda 31 yoshli jurnalist ayol dori reaksiya berishi oqibatida vafot etdi'ning rasmi

“Dunyo bo`ylab” telekanali jurnalisti vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 12 sentyabr kuni soat taxminan 20:30 atrofida Toshkent shahar, Chilonzor tumanida yashagan 1992 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan Ya.R. ismli shaxs (ayol kishi) Chilonzor tumani, Muqimiy ko`chasida joylashgan «DOCTOR SERVIS» xususiy klinikasida davolanayotgan onasi 1970 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan Ya.L.ni holidan xabar olgani borganda, Ya.R.ning tomog`i og`riganligi sababli, o`zini yonida bo`lgan “Taygeron levofloksasin” (antibiotik) dori vositasidan 1 dona tabletka ichib, taxminan 10-15 daqiqalardan so`ng tutqanog`i tutib, hushidan ketgan.

«DOCTOR SERVIS» xususiy klinikasida shifokor reanimatolog lavozimida ishlovchi shifokor birinchi yordam ko`rsatgan va Ya.R. reanimasiya bo`limiga yotqizilgan. Olib borilgan davo muolajalar natijasida Ya.R. hushiga kelib ahvoli yaxshilangan.

Shundan so`ng, 2023 yil 13 sentyabr kuni soat taxminan 16:00 atrofida Ya.R.ni takroran tutqanog`i tutib qolgan. Ko`rsatilgan tibbiy davo muolajalariga qaramay, shu kuni soat taxminan 17:50 da Ya.R.da biologik o`lim holati qayd etilgan. 

Sud-tibbiy ekspertizasining 2023 yil 14 sentyabrdagi 913-sonli ma`lumotnomasiga ko`ra, Ya.R.ning o`limi «Doridan (levofloksasin) allergik reaksiya. Bosh miya, o`pka o`tkir shishi. O`tkir nafas yurak qon tomir etishmovchiligi. Anafilaktik shok» tufayli yuzaga kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar