1

AQShda 414 ta oyog`i mavjud bo`lgan hasharot topildi

Dunyo 24.10.2016, 11:42
AQShda 414 ta oyog`i mavjud bo`lgan hasharot topildi

AQShning “Sekvoyya” Milliy parkida joylashgan marmar g`orlardan biridan amerikalik mutaxassislar 414 ta oyog`i mavjud bo`lgan hasharotni topdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Diplopoda sinfiga mansub bu hasharotga Illacme tobini deb nom berildi. Mutaxassislar uning oyog`i 414 ta ekanligini aniqladi. Bu ilgari topilgan va jahon rekordini o`rnatgan hasharotning oyog`idan 336 taga kamdir. Bundan tashqari, hasharotning 200 ta zaharli bezlari mavjudligi aniqlangan.

Olimlar hozircha bu zaharli bezlar qanday vazifani bajarishini aniqlashga muvaffaq bo`lmadi. Hasharotning og`iz bo`shlig`ida joylashgan g`alati o`simtalar ham mutaxassislarni boshi berk ko`chaga olib kirib qo`ydi. Olimlar Illacme tobini ni o`rganishda davom etmoqda. Ularning fikricha, “Sekvoyya” Milliy parki hali ko`pgina jumboqlarni o`z bag`rida yashirib yotibdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1