1

O`zbekistonlik sambochi Gran-pri musobaqasida oltin medalli bo`ldi

Sport 17.09.2023, 16:13
O`zbekistonlik sambochi Gran-pri musobaqasida oltin medalli bo`ldi

Rossiya Federasiyasining Ufa shahrida sambo bo`yicha o`tkazilgan Gran-pri musobaqasi poyoniga etdi.

Xabar berilishicha, xalqaro turnirda mamlakatimizning bir qator sambochilari bahslarda ishtirok etib, sovrinli o`rinlarni egalladi.  

Kecha jangovar sambo bellashuvlarining +98 kilogramm vazn toifasida final bellashuvlari tashkil etildi. Unda yurtimiz sharafini himoya qilgan Islom Nosirov oltin medal uchun kechgan final bellashuvida mezbonlar vakili Magomed Tuchalov bilan ro`baro` keldi. Shiddatli o`tgan bahsda hamyurtimiz g`oliblikni tantana qildi. Uning g`alabasi sharafiga O`zbekiston madhiyasi yangrab, bayrog`imiz yuksaldi.  

Gran-pri musobaqasining so`nggi kungi bellashuvlari sarhisobiga ko`ra, O`zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta bronza medali bilan xalqaro turnirni yakunladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1