AsosiySiyosat

O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov rossiyalik hamkasbi Mixail Mishustin bilan muzokara o`tkazadi (video)

'O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov rossiyalik hamkasbi Mixail Mishustin bilan muzokara o`tkazadi (video)'ning rasmi

Bugun, 18 sentyabr kuni Moskvada Rossiya va O`zbekiston bosh vazirlari Mixail Mishustin va Abdulla Aripov ikki davlat hukumat rahbarlari darajasidagi qo`shma komissiyaning navbatdagi yig`ilishini o`tkazadi. Tomonlar keng ko`lamli masalalarni, jumladan, gaz sohasida hamkorlikni muhokama qiladi. Bu haqda TASS xabar berdi. 

Xabarga ko`ra,  bosh vazirlar savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-humanitar hamkorlikni, shuningdek, sanoat, energetika va qishloq xo`jaligi sohalarida o`zaro hamkorlikni faollashtirish masalalarini muhokama etishi kutilmoqda.

"Sanoat, energetika, transport, qishloq xo`jaligi, fan va ta`lim sohalaridagi hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalardagi hamkorlikni faollashtirishga alohida e`tibor qaratiladi", — deyilgan Rossiya hukumati xabarida.

Qo`shimcha qilinishicha, Toshkent va Moskva 2022-2026 yillarga mo`ljallangan hukumatlararo iqtisodiy hamkorlik kompleks dasturini amalga oshiryapti. Energetika ikki tomonlama hamkorlikning asosi bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar