Ayollar tennisi assosiasiyasi (WTA) rossiyalik tennischi Mariya Sharapovani yangi reytingidan chetlashtirdi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.
Reytingning oldingi versiyasida Mariya Sharapova 690 ochko bilan 91 o`rinni egallagan edi. U so`nggi ochkolarini o`tgan yilning oktyabr oyida Singapurda o`tkazilgan turnirda qo`lga kiritgandi. Ammo bu natija yangi reyting tuzilayotganda e`tiborga olinmadi.
Mart oyida doping tekshiruvidan o`tib, meldoniya asoratlari aniqlangan Mariya Sharapova hozirda o`yinlarda ishtirok etmayapti.
CAS ning qaroriga binoan tennischi Xalqaro tennis federasiyasi (ITF) ning uni ikki yilga musobaqalardan chetlatishiga qaramay, 2017 yilning aprel oyida o`tkaziladigan turnirlarda qatnashishni rejalashtirgan.