AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol bilan uchrashuv o`tkazdi

'Shavkat Mirziyoev Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol bilan uchrashuv o`tkazdi'ning rasmi

19 sentyabr kuni Nyu-York shahrida o`tayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol bilan uchrashuv o`tkazdi.

Uchrashuvda O`zbekiston bilan Janubiy Koreya o`rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko`rib chiqildi.

Azaldan yaqin do`stlik rishtalariga, xalqlarimizning mentaliteti, an`ana va qadriyatlari o`xshashligiga asoslangan ikki tomonlama aloqalar izchil rivojlanib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

O`zbekiston Prezidenti Janubiy Koreya bilan keng ko`lamli hamkorlikning yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish masalalariga to`xtaldi.

Keyingi yillarda o`zaro savdo va investisiya ko`rsatkichlari barqaror oshib bormoqda. O`tgan yilda tovar ayirboshlash 24 foizga ko`paydi. Mamlakatimizda qariyb mingta qo`shma korxona faoliyat yuritmoqda, Koreyadan investisiyalar hajmi 7 milliard dollardan oshdi.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi, Koreya Eksimbanki va uning fondlari bilan ko`p yillar davomida samarali hamkorlik qilinayotgani, ular bilan birgalikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3 milliard dollardan ziyodni tashkil etgani yuqori baholandi.

Uchrashuvda Janubiy Koreyaning etakchi kompaniyalari bilan texnologik va investisiyaviy sheriklikni kengaytirish, ta`lim va sog`liqni saqlash sohalaridagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni jadallashtirish, infatuzilma, “yashil” energetika, raqamlashtirish, kadrlar tayyorlash va boshqa yo`nalishlardagi  qo`shma loyihalarni ilgari surish amaliy hamkorlikning ustuvor yo`nalishlari sifatida belgilab olindi.

Muzokaralar yakunida davlatimiz rahbari Koreya Prezidenti Yun Sok Yolni davlat tashrifi bilan O`zbekistonga kelishga taklif etdi.

    Boshqa yangiliklar