Bino erto`lasida noqonuniy portlash moddasi saqlangan.
Xitoy markaziy qismidagi Shensi provinsiyasida kuchli portlash sodir bo`ldi. Erto`lasida detonasiya bo`lgan bino to`liq vayron bo`ldi. Hodisa vaqtida binoda odamlar bo`lgan. Tirik qolganlar haqida ma`lumotlar yo`q.
Guvohlarning so`zlariga ko`ra, binoda noqonuniy portlovchi moddalar saqlangan bo`lishi mumkin. Favqulodda hodisaga portlovchi moddalar o`rtasida yuzaga kelgan kimyoviy reaksiya sabab bo`lishi mumkin, deya xabar beradi RIA Novosti .
Bino oldidagi yo`l ko`plab vayronalar bilan to`sib qolindi. Voqea joyida qutqaruv guruhlari ish olib bormoqda.