1

Uyqu vaqtida organizmimiz nima bilan «mashg`ul»?

Salomatlik 24.10.2016, 16:20
Teglar: Salomatlik
Uyqu vaqtida organizmimiz nima bilan «mashg`ul»?

Tabiatning mo``jizasini qarangki, zahmatkash organizmimiz uyqu vaqtida ham tinim bilmas ekan. Chunki tunda organizmimiz har bir a`zoni «tekshirib», o`zini o`zi tiklash bilan band bo`larkan. Masalan, miya kun davomida qabul qilgan axborotlarni qayta ishlab, saralaydi. Jigar va buyraklar o`z ishini sekinlashtirsa, oshqozon odatiy tartibda ishlayveradi. Ko`rish qobiliyati tunda ham o`z ishini davom ettiradi, lekin miya ko`rilgan manzarani qabul qilmaydi… Xullas, organizmimizning tungi ish tartibi quyidagicha…

Tungi soat 22

Bu paytda organizm o`z qo`riqchisi — immun tizimi qay darajada ekanini tekshirib ko`radi. Aynan shu vaqtda uxlashga yotgan insonni organizm yoshlik gormoni — melatoninni ikki baravar ko`p ishlab chiqarish bilan «taqdirlaydi».

Tungi soat 23

Bu paytda hujayralar o`z faoliyatini tiklaydi. Qon bosimi, modda almashinuvi pasaya boradi. Shuning uchun kech ovqatlanmang, zarari bor, deyishadi. Sababi hazm qilish traktining «oromini buziladi» va oshqozon bu «yuk»ni uddalashga qiynaladi.

Tungi soat 24

Tanamiz, miyamiz o`tgan kunni sarhisob qiladi: foydali xulosalarni saqlab, keraksizlarini ajratib qo`yadi.

Tungi soat 1

Bu paytda organizm og`riqqa nisbatan sezgir bo`ladi. Masalan, tish og`rig`i aksariyat hollarda aynan shu vaqtda bosh ko`tarib qolishi mumkin.

Tungi soat 2

Jigardan boshqa aksariyat a`zolar o`z faoliyatini sekinlashtiradi. Jigar esa g`ayrat bilan ishlab, zaharli moddalarni kuchsizlantirib, organizmdan chiqarib yuborishga yordam beradi.

Tungi soat 3

Butun organizm dam oladi. Mushaklar to`liq bo`shashadi. Puls va nafas olish tezligi sekinlashadi, tana harorati va qon bosimi tushadi. Soat 3 dan 4 gacha bo`lgan davrda organizmda sarf qilingan quvvatni tiklash ishlari bo`ladi.

Tungi soat 4

Hujayralarning katta qismi faollik bilan bo`linishi va yangilanishi ishlari yuz beradi. Hujayralar o`sish gormonlari ishlab chiqariladi, teri yangilanadi.

Tonggi soat 5

Buyrak usti bezlari «uyg`onadi» va faollik bilan ish boshlaydi: qonga kortizol — stress gormoni etkazib beradi. Organizm faollasha boshlaydi, qon bosimi, qondagi gormonlar darajasi ko`tariladi, himoya kuchlari faollashadi.

Tonggi soat 6

Qon bosimi va harorat ko`tariladi. Yurak urishi tezlashadi, qonda adrenalin darajasi oshadi. Bu dush qabul qilish uchun eng yaxshi vaqt.

Ertalabki soat 7

Bu paytda oshqozon-ichak trakti egulik qabul qilib olishga shay turadi. Immunitet ko`tariladi.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1