AsosiyDunyo
1713

Liviyaliklar shahar merining uyi yoqib yubordi. Sababi...

'Liviyaliklar shahar merining uyi yoqib yubordi. Sababi...'ning rasmi

Liviyaning Derna shahrida o`tgan hafta yuz bergan halokatli suv toshqiniga rasmiylar tomonidan tegishli choralar ko`rilmagani uchun yuzlab namoyishchilar shahar merining uyini yoqib yubordi, deya xabar qilmoqda "zamon.uz".

Namoyishchilar dushanba kuni kechqurun shahardagi Sahoba masjidi oldida to`planib, ko`pchilik Liviya hukumatining yuqori amaldorlarini ishdan bo`shatishga chaqirgan. Natijada, Derna shahar kengashi tarqatib yuborildi.

Internet va mobil aloqa bloklangan va ommaviy axborot vositalariga to`sqinlik qilish maqsadida jurnalistlarga mamlakatni tark etishga buyruq berilgan.

Ikki eski va vayronaga aylangan to`g`on qulab, shaharni suv bosganidan keyin 10 mingdan ortiq odam rasman bedarak yo`qolgan.

BMT xabariga ko`ra, Tashkilot guruhlaridan biriga shaharga kirishga ruxsat berilmagan.

"Biz voqea joyida qidiruv-qutqaruv guruhlari, tez tibbiy yordam guruhlari va Dernada bo`lgan BMT hamkasblarimiz ishlashda davom etayotganini tasdiqlashimiz mumkin", — dedi tashkilot vakili.

Namoyishchilarning fikricha, shahar hokimiyati ularni katta miqdorda yomg`ir kutilayotgani haqida ogohlantirmagan.

Uzoq yillik rahbar Muammar Qaddafiy ag`darilganidan keyin hokimiyat uchun kurash natijasida parchalanib ketgan Liviyada hozirda ikkita hukumat mavjud. Biri Tripolida, ikkinchisi esa mamlakat sharqida general Xalifa Xaftar tomonidan qo`llab-quvvatlanadi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar