Qirg`iziston va Xitoy chegara haqidagi kelishuv loyihasi muhokama qildi

Dunyo 22.09.2023, 21:54
Qirg`iziston va Xitoy chegara haqidagi kelishuv loyihasi muhokama qildi

Bishkekda Qirg`iziston va Xitoy delegasiyalari o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi, deb xabar qildi Qirg`iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.

Ma`lumotlarga ko`ra, yig`ilishda Qirg`iziston Vazirlar Mahkamasi va Xitoy hukumati o`rtasida davlat chegarasi rejimi to`g`risidagi bitim loyihasi muhokama qilingan va uchrashuv yakunlari bo`yicha tegishli Bayonnoma imzolangan.

Ma`lum qilinishicha, navbatdagi uchrashuv Xitoy Xalq Respublikasi hududida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o`tamiz, Qirg`iziston va Xitoy o`rtasidagi davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish jarayoni yakunlandi. Bu ish natijalari Qirg`iziston va Xitoy hukumatlari o`rtasida 2004 yil 24 sentyabrdagi Protokol bilan tasdiqlangan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1