NATO mintaqaviy ittifoq bo`lib qoladi–Stoltenberg

Dunyo 23.09.2023, 18:11
NATO mintaqaviy ittifoq bo`lib qoladi–Stoltenberg

Shimoliy Atlantika alyansi mintaqaviy blok bo`lib qoladi va global miqyosda, Evropa qit`asidan tashqarida kengayish niyatida emas. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg AQShda bo`lib o`tgan Xalqaro aloqalar kengashida ma`lum qildi, deya yozmoqda Zamon.uz. 

“NATO mintaqaviy ittifoq bo`lib qoladi, unga faqat Evropa davlatlari a`zo bo`lishi mumkin”, — dedi u.

Shu bilan birga, tashkilot rahbari xavfsizlik muammosi mintaqaviy emas, global ekanligini ta`kidladi. Shuning uchun ham NATO ittifoqqa a`zo bo`lmagan ko`plab davlatlar, jumladan, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Yaponiya bilan hamkorlik qiladi.

“Bu ular alyansga a`zo bo`ladi degani emas. Bu biz birga ishlayotganimizni anglatadi”, — deya qo`shimcha qildi Stoltenberg.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1