Qirg`izistonda un va bug`doy eksportiga taqiq qo`yildi

Dunyo 25.09.2023, 21:20
Qirg`izistonda un va bug`doy eksportiga taqiq qo`yildi

Qirg`izistonda un va bug`doy eksportiga eksport qilishga vaqtinchalik taqiq joriy etildi, deb yozadi Tengrinews.kz “24.kg”ga tayanib.

Tegishli qaror 22 sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov tomonidan imzolangan.

“Bug`doy uni va bug`doyning eksportiga olti oy muddatga taqiq joriy etildi.Bu qaror oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash va oziq-ovqat mahsulotlarining bozor narxlarini barqarorlashtirish maqsadida qabul qilindi”, — deyiladi xabarda.

Hujjat  25 sentyabrdan kuchga kirdi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Qirg`iziston Qishloq xo`jaligi vazirligi un narxi oshishi haqida gapirgan edi. Mahsulot ijtimoiy ahamiyatga ega xususiyatga ega bo`lgani uchun bozorda uning tanqisligi yuzaga kelsa, bu mamlakatda oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1