AsosiyJinoyat

Andijonda 5 mlrd so`m imtiyozli kredit olib berishi evaziga 22 000 dollar talab kilgan fuqaro qo`lga tushdi

'Andijonda 5 mlrd so`m imtiyozli kredit olib berishi evaziga 22 000 dollar talab kilgan fuqaro qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan  tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda fuqaro I.A. va boshqalar tadbirkor S.Ya.ning ishonchiga kirib, unga go`yoki hududiy tijorat bankida ishlovchi tanishlari yordamida 5 mlrd so`m imtiyozli kredit olib berishi evaziga 22 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar