1

Tomoq og`rig`ining 10 davosi

Salomatlik 25.10.2016, 11:23
Teglar: Salomatlik
Tomoq og`rig`ining 10 davosi

Tomoq og`rig`idan xalos bo`lishning 10 ta xalqona usulini e`tiboringizga havola etamiz.  

 

1. Marmarak (shalfey) ajoyib antiseptik va yallig`lanishga qarshi vositadir. 1 osh qoshiq quritilgan marmarakni 1 piyola qaynoq suvda 10 daqiqaga damlab, so`ng suzib oling. Damlamaga 1 osh qoshiq asal solib, biroz sovigach, tomog`ingizni chaying. Kun davomida 3-4 marta g`ar-g`ara qilsangiz, yaxshi natijaga erishasiz.

 

2. 1 piyola qaynab sovugan suvga 1 choy qoshiqdan olma sirkasi va asal solib, kam-kamdan kun davomida 3-4 marta iching.

 

3. 1 choy qoshiqdan chakanda moyi va aloe sharbatini aralashtirib, oz-ozdan shimib yursangiz ham, og`riqdan oson xalos bo`lasiz.

 

4. Dori ichmayman deb xarxasha qiladigan bolalar uchun foydali o`simliklardan xo`rozqand tayyorlab berishingiz mumkin. Buning uchun 300 gr. asal, 1 choy qoshiq zanjabil (imbir) tolqoni, yarim osh qoshiq limon sharbati kerak bo`ladi. Asal va zanjabil tolqonini idishga solib, past olovda ikki soat davomida qaynating. Qiyom tayyor bo`lganini tekshirish uchun bir tomchisini sovuq suvga tomizib ko`ring. Maromiga etgan bo`lsa, limon sharbatini ham solib, tayyor aralashmani sariyog` surtilgan qolipchalarga quyib chiqing va olish oson bo`lishi uchun tishkavlagich suqib qo`ying.

 

5. Teng miqdorda un, xantal va asalni aralashtirib, xamir holiga keltiramiz, so`ng tomoqqa qo`yib, ustidan sochiq bilan o`rang. Bunday muolajani 2-3 kun davomida qilish mumkin.

 

6. Bir nechta anjir qoqini 200 gr. sutda qaynatib ichish ham tomoqni yumshatib, balg`am ajralishiga yordam beradi.

 

7. Samarali va foydali usullardan yana biri ingalyasiya bo`lib, uni to`g`ri bajarsangiz, tomoq og`rig`idan tez xalos bo`lasiz. Demak, idishga suv solib, ikki dona kartoshkani parrak qilib kesing va shu suvda qaynating. So`ng unga 1 osh qoshiq ichimlik sodasidan solib, og`iz orqali nafas oling. Ingalyasiya uchun eng normal harorat 80-90 daraja bo`lib, bundan issiq bug`da tomog`ingiz kuyishi mumkin. Yodingizda bo`lsin, hiqildoq, tomoq, nafas yo`llari, bronxlarni davolash uchun og`iz orqali nafas olib, 2 soniyadan so`nggina uni chiqarish foydali. Tumovda esa burundan nafas olgan maqsadga muvofiq. Ingalyasiyadan so`ng bir soat davomida ichimlik ichish, ovqatlanish va chekish harakatlaringizning samarasini kesadi.    

 

9. Sedanali damlamalar ham tomoq og`rig`ida yaxshi foyda beradi. Ayniqsa, immun tizimini himoyalovchi mahsulot sifatida sedana moyini salatlarga qo`shib tanovul qilish ham tezroq sog`ayib ketishingizni ta`minlaydi.

 

10. Kechqurun 1 dona turp yoki sholg`omning ichini o`yib, 1 osh qoshiq asal solib qo`ying. Ertasiga kun davomida hosil bo`lgan sharbatni 1 osh qoshiqdan ichsangiz, tezda shifo topasiz.

P/S: Unutmang, har bir organizm o`ziga xosdir. Muolajalarni qo`llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

SAODAT tayyorladi

Sharhlar

raxmat 28.05.2023, 13:58
raxmat
Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1