Qatar poytaxti Doha shahrida o`tayotgan Islom olami madaniyat vazirlarining 12-konferensiyasida Qorabog`dagi Shusha shahri 2024-yildagi Islom olamining madaniy poytaxti deb e`lon qilindi.
Ozarbayjon Madaniyat vazirligi bayonotida aytilishicha, Shusha shahri Ozarbayjonning tarixiy, madaniy va ijtimoiy-siyosiy hayotining muhim markazlaridan biri, shuningdek, islom sivilizasiyasi ramzlaridan biri bo`lgan.
Bundan tashqari, 2022 yil Ozarbayjonda Shusha yili deb e`lon qilingan.
Shusha madaniy hayotini jonlantirish maqsadida musiqa bayramlari, she`riyat kunlari o`tkazildi, ko`plab milliy va xalqaro madaniy tadbirlar tashkil etildi.
Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti (TÜRKSOY) Shushani 2023 yilda turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e`lon qildi.