AsosiyDunyo

Nursulton Nazarboev Madinadagi Muhammad Payg`ambar machitida namoz o`qidi

Qozog`iston respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboevning Saudiya Arabistoniga qilgan ikki kunlik rasmiy tashrifi davom etmoqda, deb xabar berdi “Kazakhstan Today” nashri.

Madina shahriga kelgunga qadar Nursulton Nazarboev viloyat hokimi shahzoda Feysal bin Salmon Al Saud bilan uchrashdi. Bundan tashqari Madinadagi Muhammad Payg`ambar machitida namoz o`qib, Masjid an-Nabaviy machiti arxitekturasi bilan ham tanishdi.

Qozog`iston prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, Nursulton Nazarboev Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Al Saud bilan uchrashish va ikki tomonlama kelishuv hujjatlarni imzolash uchun Er-Riyod shahriga yo`l olgan.

    Boshqa yangiliklar