AsosiyDunyo

Moskvada 11-qavatdan yiqilgan qiz tirik qoldi

Moskvalik polisiyachilar 19 yoshli qizning ko`p qavatli uydan pastga qulaganligi holati bo`yicha tergov ishlarini boshlab yubordi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

“Bo`lib o`tgan voqea yuzasidan barcha tafsilotlar o`rganilmoqda”, deb ma`lumot berdi navbatchi zobit.

Qiz sevgan yigiti bilan urishib qolganidan keyin ko`p qavatli uylarning taxminan 11 yoki 17-qavatidan o`zini pastga tashlagan. U pastda turgan avtomobil ustiga kelib tushgan. Ayni vaqtda, uning ahvoli og`ir.

    Boshqa yangiliklar