1

O`zbekistonlik qilichbozlar Osiyo o`yinlarida tarixiy g`alabani qo`lga kiritdi

Sport 29.09.2023, 16:00
O`zbekistonlik qilichbozlar Osiyo o`yinlarida tarixiy g`alabani qo`lga kiritdi

Xitoyning Xanchjou shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyo o`yinlarida qilichbozlikning sablya yo`nalishi bo`yicha O`zbekiston ayollar terma jamoasi g`alaba qozondi.  Milliy Olimpiya Qo`mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko`ra, o`zbekistonlik qilichbozlar shiddatli ruhda kechgan final jangida yaponiyalik raqiblarini mag`lubiyatga uchratib, Osiyo o`yinlari chempioniga aylanishdi.

Eslatib o`tamiz, bu qilichbozlik sportida O`zbekiston uchun Osiyo o`yinlarida qo`lga kiritilgan birinchi oltin medal.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1