1. Miyamiz toliqib qoladi
Inson miyasi uzog`ibilan kechki soat 23:00 gacha bedor bo`lishi mumkin. Agar soat 23:00 dan so`ng uxlashga odatlangan bo`lsangiz, vaqt o`tgani sayin aqliy faoliyatingiz sustlashib boradi. Ba`zilar tungi soat 23:00 dan soat 2:00 gacha mizg`ib olishadiyu, so`ng yozuv-chizuv ishlarini bajarishadi. Bu ham sog`liqqa zarar. Ayniqsa, asab tizimi zararlanadi. Holsizlik, jizzakilik, kayfiyat o`zgarishi kuzatilishi mumkin.
2. Tashqi ko`rinishingiz o`zgaradi
Tunda organizmdagi hujayralar yangilanadi. Buning uchun esa ularga dam berish kerak. Organizm uyg`oq holatda bo`lganida yangilanish jarayonlari sodir bo`lmaydi. Qarabsizki, yuz terisiga ajin tushishi, rangparlik kabilar yuzaga keladi.
3. Surunkali charchoq
Avvaliga kunduzi uyqungiz kelayotgandek tuyuladi. Bora-bora mehnat layoqati kamayib, xotira sustlashadi, diqqatni jamlashga qiynalasiz. Chunki organizm juda ham toliqqan. Uyqusizlik esa zahira quvvatini ham tortib olayapti.
4. Tana vaznining ortishi
AQShlik olimlarning olib borgan tadqiqot natijasiga ko`ra, etarlicha uxlamaydigan ayollarda tana vazni tez ortib boradi. Kam uxlash moddalar almashinuviga ta`sir etib, turli o`zgarishlarga olib keladi.
5. Immunitet zaiflashadi
Hammasi kundek ravshan. Uyquning etarli bo`lmayotgani immun tizimini ishdan chiqaradi. Organizmdagi almashinuv jarayonlari buzilib, immunitet zaiflashib boradi. Bu holat tez-tesh shamollash va tumov bilan kuzatilishi mumkin.
6. Erta keksayish
Qon aylanishi yaxshi bo`lsa, teri hujayralari kislorod bilan to`yinib, aminokislotalar me`yorida bo`ladi. Yuz va badanga ajin tushishi kuzatilmaydi. Buning aksi bo`lganida esa yoshga doir o`zgarishlar faollashib, erta keksayish alomatlari sodir bo`lishi mumkin.
06.08.2021, 17:47
CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...26.12.2017, 13:12
— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...26.12.2017, 13:08
— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...26.12.2017, 11:36
Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...