AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Dohada “Power International Holding” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mutaz al-Hayyat bilan ham uchrashdi

'Shavkat Mirziyoev Dohada “Power International Holding” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mutaz al-Hayyat bilan ham uchrashdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 1 oktyabr kuni Doha shahrida o`ziga ajratilgan qarorgohda “Power International Holding” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mutaz al-Hayyatni qabul qildi.

“Power International” – dunyoning 19 ta mamlakatida energetika, neft-kimyo, sanoat, qishloq xo`jaligi, transport infratuzilmasi, sog`liqni saqlash, turizm kabi sohalarda faol ish olib borayotgan Qatarning eng yirik milliy xoldingi. Yaqin Sharqdagi etakchi ko`p tarmoqli kompaniyalardan biridir.

Bugun ushbu kompaniya bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida kelgusida mintaqaning eng katta agrosanoat majmuasi bo`ladigan zamonaviy chorvachilik klasteri qurilmoqda.

Mamlakatimizda yuqori tezlikda harakatlanishga mo`ljallangan avtomobil magistralini barpo etish, ammiak va karbamid ishlab chiqarish hajmini oshirish, ishbilarmonlik va mehmonxona infratuzilmasi, sog`liqni saqlash ob`ektlarini tashkil etish istiqbolli loyihalar sifatida qayd etildi.

Qatar tomoni tez orada xolding O`zbekistonda o`z ofisini ochishini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar