AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev “Al Mirqab Capital” xoldingi rahbarini qabul qildi

'Shavkat Mirziyoev “Al Mirqab Capital” xoldingi rahbarini qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Al Mirqab Capital” xolding kompaniyasi ijrochi direktori Saif ur-Rahmon Xonni qabul qildi.

1983 yilda asos solingan “Al Mirqab Capital” xoldingi AQSh, Evropa va Yaqin Sharqda “For Seasons”, “The Ritz Carlton” va boshqa brendlardagi 20 ta yirik mehmonxona egasidir. Kompaniya aktivlari qiymati 8 milliard dollardan ziyodni tashkil etadi.

Uchrashuvda mehmonxona infratuzilmasi va turizm xizmatlarini rivojlantirish, logistika va energetika tarmog`ini modernizasiya qilish borasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, kompaniya tomonidan Toshkent viloyatida logistika markazi, Buxoro shahrida mehmonxona-kongress majmuasini qurish, mamlakatimizda elektr ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga investisiya kiritish rejalari ko`rib chiqildi.

Investisiya loyihalari qo`shma “yo`l xaritasi” asosida amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar