AsosiyJamiyat

Xorazmda o`quvchilar direktor tomonidan sholi maydoniga ishlashga yuborilgani aytildi

'Xorazmda o`quvchilar direktor tomonidan sholi maydoniga ishlashga yuborilgani aytildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Qo`shko`pir tumanida o`quvchilar majburiy mehnatga jalb qilingani aytilgan video tarqaldi.

Xabarda Qo`shko`pir tumani 19-son maktab o`quvchilari direktor tomonidan sholi ekini ekilgan er maydoniga ishlash uchun yuborilgani keltirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan vakolatli tashkilotlar hamkorligida o`rganish ishlari olib borilgan. Ushbu vaziyat o`quvchilarning ota-onalari ishtirokida muhokama qilingan. O`rganish natijasida maktab direktori tomonidan o`quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilinganligi holati o`z tasdig`ini topmagan.

Shuningdek, hozirda vakolatli tashkilotlar tomonidan o`rganish ishlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar