1

Toshkent va Sirdaryoda fuqarolarni AQShga yuborishni va`da qilganlar qo`lga tushdi

Jinoyat 03.10.2023, 15:08
Toshkent va Sirdaryoda fuqarolarni AQShga yuborishni va`da qilganlar qo`lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unda fuqaro S.S. fuqaro J.R.ni tanishlari yordamida 2 300 AQSh dollari evaziga Polsha Respublikasi orqali Amerika Qo`shma Shtatlariga ishlash uchun yuborishini va`da qilib, oldindan viza hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga 900 AQSh dollari va 1,2 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Shu kabi, Departamentning Mirobod tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.T. fuqaro X.Z.ni tanishlari yordamida Amerika Qo`shma Shtatlariga yuborish uchun viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1