AsosiyJamiyat

Toshkent shahridagi shifoxonada bemor vafot etdi

'Toshkent shahridagi shifoxonada bemor vafot etdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Uchtepa tumanidagi 3-sonli bolalar shifoxonasida shifokorlarning layoqatsizligi sababli bemor vafot etgani, muassasada tibbiy jihozlar va dori-darmonlar etarli emasligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Holat yuzasidan Toshkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi rasmiy ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, ushbu voqea joriy yilning yanvar oyida yuz bergan bo`lib, huquq-tartibot idoralari tomonidan o`rganilib, uning natijasi bo`yicha javobgarlarga nisbatan tegishli choralar ko`rilgan. 

Shahar 3-son bolalar klinik shifoxonasi moddiy-texnik bazasi bosqichma-bosqich yangilanmoqda. Xususan, 2017 yil Yaponiya granti asosida bolalar jonlantirish bo`limi 11 turdagi tibbiy jihozlar bilan ta`minlangan.

O`z navbatida,  Xitoy, Turkiya davlatlari grantlari hamda “Salomatlik-3” loyihasi asosida kuvezlar, IVL apparatlari, bemorlar uchun funksional va bolalar krovatlari, ingalyatorlar, bioximik va gematologik analizatorlar, sentrefuga, mikroskop, avtoklav, qurutuvchi shkaf, distilyator, bidistilyator, dozatorlar, EKG va EEG apparatlari keltirib o`rnatilgan. 

2020 yilda fizioterapiya bo`limi 11 turdagi fizioterapevtik apparaturalar  bilan jihozlangan. O`z navbatida raqamli rentgen, dopler – UTT apparatlari, koagulograf, yarim avtomat bioximik analizator xarid qilingan. 

Shuningdek, shifoxonada 2023 yil uchun dori-darmon xaridiga  2 mlrd 101 mln. so`mdan ziyod mablag` ajratilgan. Bu 2017 yilga nisbatan 3 barobar yuqori ko`rsatkich. 

2022 yil yanvar oyida muassasaning “V” binosi jihozlangan holda  foydalanishga topshirilib, bemorlarga qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Yordamchi  binoda qurilish-ta`mirlash va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar