AsosiyJamiyat

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tashkil etiladi

'Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tashkil etiladi'ning rasmi

“Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni (PF-166, 28.09.2023 y.) qabul qilindi. 

Farmonga ko`ra:

elektr energiyasini markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasini bajaruvchi “O`zenergosotish” AJ tashkil etiladi;

“O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ elektr energiyasini tashish va tranzit qilishga ixtisoslashgan yagona magistral elektr energiyasi uzatish tizimi operatori etib belgilanadi;

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (energetika bozori regulyatori) tashkil etiladi.

2024 yil 1 iyuldan elektr energiyasini markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasi “O`zenergosotish” AJ tomonidan va magistral elektr tarmoqlarini ekspluatasiya qilish funksiyasi “O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan to`liq amalga oshiriladi.

2025 yil 1 yanvardan “O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasi eksporti va importi shartnomalari, xususiy elektr stansiyalari bilan imzolangan elektr energiyasini sotib olish to`g`risidagi bitimlari bo`yicha majburiyatlari “O`zenergosotish” AJga to`liq o`tkaziladi.

2025 yil 1 yanvargacha “O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasi eksporti va importi shartnomalari, xususiy elektr stansiyalari bilan imzolangan elektr energiyasini sotib olish to`g`risidagi bitimlari “O`zenergosotish” AJga qaytadan rasmiylashtiriladi.

2024 yil 1 fevralgacha xalqaro moliya institutlarining texnik ko`magida Elektr energiyasi tariflarini shakllantirishning yangi uslubiyoti ishlab chiqiladi.

2024 yil 1 maygacha “O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari orqali uzatish, “O`zenergosotish” AJ uchun elektr energiyasini sotish va xarid qilish tariflarini hamda elektr energiyasi uchun kelib tushadigan mablag`larni taqsimlashning yangi tartibi tasdiqlanadi.

    Boshqa yangiliklar