Saida Mirziyoeva Og`a Xon jamg`armasining madaniyat masalalari bo`yicha bosh direktori Lui Monreal boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashdi.
Uchrashuvda jamg`armaning madaniyat masalalari bo`yicha direktor o`rinbosari She`roz Allibxay, Og`a Xon jamg`armasining Afg`onistondagi madaniyat bo`yicha Bosh ijrochi direktori Ajmal Mayvandiy va YuNESKO sobiq Bosh direktori Irina Bokova ham bor.
Unda asosiy masala qarorgohi Jenevada joylashgan Og`a Xon jamg`armasining butun dunyo shaharlari va tarixiy obidalarini qayta tiklash bo`yicha loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgan “Tarixiy shaharlar” dasturi muhokama etildi.
Ma`lum qilinishicha, Og`a Xon jamg`armasining madaniy meros ob`ektlarini asrab-avaylash bo`yicha muvaffaqiyatli tajribasi va yuksak nufuzi sharofati bilan O`zbekistonning ikkita muhim obidasi: Samarqanddagi Bibixonim va Buxorodagi Kalon majmualarining restavrasiyasi bo`yicha hamkorlik qilish rejalashtirilmoqda.
"Mazkur noyob tarixiy yodgorliklar mamlakatimiz va butun dunyo uchun katta ahamiyatga ega. Ularni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga etkazish biz uchun ham qarz, ham farzdir", deydi S.Mirziyoeva.