AsosiyJamiyat

Namanganning sobiq hokimi 73 yoshida vafot etdi

'Namanganning sobiq hokimi 73 yoshida vafot etdi'ning rasmi

Bugun, 4 oktyabr kuni Namangan viloyatining sobiq hokimi To`lqin Jabborov uzoq davom etgan xastalikdan so`ng 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda Namangan viloyat hokimligi xabar berdi. 

Ma`lumot uchun, To`lqin Otaxonovich Jabborov 1996-2004 yillarda Namangan viloyatiga rahbarlik qilgan. 2000-2005 yillarda esa Oliy Majlis deputati sifatida faoliyat yuritgan.

Qayd etilishicha, uning rahbarlik yillarida viloyatda qurilish sohasida ko`plab ishlar amalga oshirilgan. Xususan, Namangan shahridagi mashhur favvora, “Pahlavon” sport majmuasi foydalanishga topshirilgan.

“Temir yo`l qarshisidagi ajoyib me`morchilik an`analariga xos uslubda qad rostlagan favvora hozir ham shahar ko`rkiga ko`rk qo`shib turibdi. “Navbahor” futbol jamoasi o`z tarixida yagona bo`lib turgan O`zbekiston chempionligini qo`lga kiritgan. Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin”, deb yozadi viloyat hokimligi.

Shuningdek, u viloyat agrar sohasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda, xususan texnika parklarini yangilab, zamonga moslashtirishda o`z hissasini qo`shgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar