AQShda yashash va ishlash huquqini beruvchi viza uchun o`ynaladigan Green Card lotereyasiga onlayn ro`yxatdan o`tish boshlanadi.
Hujjatlarni qabul qilish bugun, 4 oktyabr Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi va 7 noyabr soat 21:00 gacha davom etadi.
Anketani faqat dvprogram.state.gov veb-saytida to`ldirishingiz kerak. Ro`yxatdan o`tish davrida bir nechta ariza topshirgan shaxslar diskvalifikasiya qilinadi.
Eslatib o`tamiz, ariza shakli uchun fotosuratlar ariza topshirishdan oldin 6 oy ichida olinishi kerak. Noto`g`ri to`ldirilgan yoki o`tkazib yuborilgan ma`lumotlar diskvalifikasiyaga olib kelishi mumkin.
Qabul qilingan yagona tasdiqlash raqami saqlanishi kerak, chunki faqat u bilan 2024 yil may oyida lotereya natijalarini bilish mumkin bo`ladi.
Ariza yuborish bo`yicha ko`rsatmalarni shu erda topishingiz mumkin.