AsosiyJamiyat

Xonanda Rayhon konserti bekor bo`lishiga asosiy sabab nima bo`lganini ochiqladi (video)

'Xonanda Rayhon konserti bekor bo`lishiga asosiy sabab nima bo`lganini ochiqladi (video)'ning rasmi

Sir emaski, 14 oktyabr sanasida O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anievaning "Humo Arena" sahnasida shou-dasturi bo`lib o`tishi kerak edi. Lekin ayrim sabablarga ko`ra, konsert dasturi qoldirildi.

Qoldirilgan konsert dasturi 19-20-21 yanvar kunlari “Halqlar do`stligi” konsert saroyida o`tkaziladigan bo`ldi. 

Rayhonning ma`lum qilishicha, konsert dasturining qoldirilishiga asosiy sabab "Humo arena" da o`tkaziladigan konsert uchun biletlar narxi organizator tomonidan sun`iy tarzda oshirib sotilgan. 

Aniqroq qilib aytadigan bo`lsak, organizator biletlarni 100 ming so`mdan 800 ming so`mgacha baholagan. 

Ko`pchilikda savol tug`ilishi mumkin, konsert uchun bilet sotib olib qo`yganlar pullariga "kuyadimi?" Xonandaning ma`lum qilishicha, yuqoridagi narx bilan sotilgan biletlarning pullari to`liq qaytariladi.



Bundan tashqari, kutilayotgan konsertda Rayhon Xamdam Sobirov bilan duet kuylashini ma`lum qildi. Duet kuylashni Xamdam Sobirov taklif qilgan. Aytilishicha, ushbu duetga klip ham suratga olinadi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar