AsosiyJamiyat

Farg`onada bedarak yo`qolgan 65 yoshli erkak 3 yildan buyon qidirilmoqda

'Farg`onada bedarak yo`qolgan 65 yoshli erkak 3 yildan buyon qidirilmoqda'ning rasmi

Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida bedarak yo`qolgan erkak 3 yildan buyon qidirilmoqda. Bunda viloyat IIB uni topishda ko`mak so`ramoqda.

Farg`ona viloyati IIB tomonidan Qo`qon shahar, Guzar ko`chasi 4-uy, 17-xonadonda yashagan, 1958 yilda tug`ilgan Yusupov Rustam Muxitdinovich 2020 yilda yashash xonadonidan noma`lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo`qolganligi sababli qidirilmoqda.

Egnida: bosh kiyimsiz, ko`k rangli ko`ylagi, qora rangli shimi, oyog`ida qora rangli tuflisi bo`lgan.

Belgilari: bo`yi taxminan 170-175 sm, oq-sariq rangda, gavda tuzilishi to`lachadan kelgan, sochi siyrak oq oralagan, ko`zi qora, qoshi o`rtacha qora, yuzi to`lachadan kelgan, quloqlari o`rtacha, labi o`rtacha, burni kattaroq.

Bedarak yo`qolgan fuqaro to`g`risida ma`lumotga ega bo`lgan fuqarolardan quyidagi raqamlarga qo`ng`iroq qilish so`ralgan: 73-244-02-85, 73-244-02-76, 93-042-04-04 yoki 102

Bedarak yo`qolgan shaxsning topilishida amaliy yordam bergan fuqarolarning shaxsiga oid ma`lumotlar sir saqlanadi va moddiy rag`batlantiriladi.

    Boshqa yangiliklar