AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoevning Qirg`izistonga tashrifi kutilmoqda

'Shavkat Mirziyoevning Qirg`izistonga tashrifi kutilmoqda'ning rasmi

13 oktyabr kuni Bishkekda Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi (MDH) davlat rahbarlari kengashi majlisi bo`lib o`tadi. Bu haqda Qirg`iziston prezidenti administrasiyasi tashqi siyosat bo`limi mudiri Muratbek Azimbakiev ma`lum qildi.

Sadir Japarov raisligida o`tadigan tadbir davomida hamdo`stlikka a`zo davlatlar o`rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilinadi, deyiladi xabarda.

MDHning mazkur sammitida hamdo`stlik davlat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

"Shuni alohida ta`kidlash joizki, joriy yilda Qirg`iziston MDH organlariga raislik qilmoqda", — deydi Muratbek Azimbakiev.

    Boshqa yangiliklar