AsosiyJamiyat

1 noyabrdan elektrni ko`p ishlatganlar uchun narxlar karrasiga oshadi

'1 noyabrdan elektrni ko`p ishlatganlar uchun narxlar karrasiga oshadi'ning rasmi

Joriy yilning 1 noyabridan e`tiboran elektr energiyasi uchun “ijtimoiy norma” joriy qilinadi. Unga ko`ra, elektr energiyasini belgilangan limitdan ko`p ishlatgan xaridorlar bir necha baravar ko`proq haq to`laydi. Bu haqda iqtisodchi Otabek Bakirov ma`lum qildi. 

1 noyabrdan boshlab:

elektr energiyasining quvvati o`rtacha oylik iste`mol miqdoridan oshib ketgan III guruh iste`molchilariga:

•    1 001 dan 5 000 kVt soatgacha iste`mol uchun belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar;

•    5 001 dan 10 000 kVt soatgacha iste`mol uchun belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar;

•    10 000 kVt soatdan yuqori iste`mol uchun belgilangan tarifga nisbatan 4 barobar o`suvchi koeffisient qo`llaniladi.

Bu bo`yicha o`zgarishlar Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 iyuldagi 245- sonli qarori bilan tasdiqlangan va 1 noyabrdan kuchga kiradi.

“Haqiqat uchun aytish joizki, haddan tashqari ko`p elektr energiyasini iste`mol qiluvchilar uchun oshirilgan koeffisientlar 2020 yildayoq kiritilgan, lekin amalda qo`llanilmay kelgan.

Avvalroq oyiga 10 ming kvt soatdan ortiq elektr ishlatayotgan oligarx, korsalon va cho`ntaklarga  de-fakto 1,1 trln so`m subsidiya berilgani haqida yozgan edik. Shu pullar pensiyaga, stipendiyaga, o`qituvchilar oyligiga sarflanishi mumkin edi”, deydi iqtisodchi.

Uning qayd etishicha, va nihoyat to`g`ri qadam bosish boshlangan. Nihoyat hukumat elektr energiyasi tariflari borasida sevimli boylar tarafdan uzoqlashib ijtimoiy qatlamga qayisha boshlagan.

    Boshqa yangiliklar