AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" 6-7 oktyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi

'"O`zgidromet" 6-7 oktyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi'ning rasmi

O`zgidromet 6-7 oktyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi. Xabarda keltirilishicha, respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Jumladan: 

TOShKENT ShAHRI
Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol sharqdan 
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15°, kunduzi 21-23° bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo`ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo`ladi.

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin.  Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG` OLDI VA TOG`LI HUDUDLARIDA
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin, baland tog`larda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 8-13° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar