1

"Bu erdagi suratga olish maydonchasi men ishtirok etgan maydonlarning hech biridan kam emas"

Madaniyat 05.10.2023, 22:28
"Bu erdagi suratga olish maydonchasi men ishtirok etgan maydonlarning hech biridan kam emas"

Mashhur amerikalik aktyor Kevin Speysi “Ipak yo`li durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivalining yopilish marosimida so`zga chiqib, o`z taassurotlari bilan o`rtoqlashgan edi. Shu bilan birga sog`lig`i haqida ma`lumot bergan:

“Kim tinchlikni sevmaydi? Taraqqiyotga kelsak, men kecha suratga olish maydonchasida bo`ldim va bu erdagi professionallik darajasi men ishtirok etgan boshqa suratga olish maydonlarining hech biridan kam emas. Maksimal say-harakatlar amalga oshirilmoqda, shuning uchun bugungi natijalar etti yil oldin bo`lganidan juda farq qiladi. Ta`lim? Festival davomida bo`lib o`tgan o`nlab ajoyib mahorat darslarini ko`ring va baho bering. Bu yosh kinoijodkorlarga o`zini rivojlantirish uchun yangi tajribalarni olish imkonini berdi. Bu qanchalik muhimligini bilaman. Men ham yosh bo`lganman va shu orqali tajriba ortirganman. Yoshligimda, kinoni ilk bor kashf qilganimda, meni maftun etgan taniqli kinoyulduzlarga qarardim. Bu erda qilayotgan ishlaringiz, ayniqsa, aholining 60 foizini tashkil etuvchi yoshlar uchun juda muhim. Bugun bu erda taniqli rejissyorning filmlari namoyish etilganda, hatto qorong`u burchakda o`tirgan o`g`il yoki qiz ham ularni tomosha qilishdan ilhom oladi. Festivalning mazmun-mohiyati ham shundan iborat”, - degan Speysi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1