AsosiyDunyo

Isroilning G`azoga hujumi qurbonlari soni 300 dan oshdi(video)

'Isroilning G`azoga hujumi qurbonlari soni 300 dan oshdi(video)'ning rasmi

Isroilning G`azo sektoriga uyushtirgan hujumlari qurbonlari soni 300 nafardan oshdi, 1900 nafari yaralandi, deya xabar bermoqda Al Arabiya Falastin sog`liqni saqlash vazirligiga tayanib.

Avvalroq,  departament qurbonlar soni 256 nafarga etgani, ulardan 20 nafari bolalar haqida xabar bergan edi.

“Isroilning G`azo sektorida davom etayotgan tajovuzi natijasida 256 kishi halok bo`ldi, ulardan 20 nafari bola, 1788 nafari yaralandi”, — deyiladi departamentning Telegram kanalida e`lon qilingan bayonotida.

Falastinning WAFA axborot agentligi esa qurbonlar soni 250 nafarga etganini xabar qilmoqda.

Al Hadath telekanaliga ko`ra, yakshanba kuni Isroil kuchlari Falastinning XAMAS harakati rahbariyati vakillari, jumladan Yahyo Sinvar, Nizar Avadallah va Fathi Hamadning uylariga zarbalar bergan.

 

    Boshqa yangiliklar