AsosiyDunyo

"Hizbulloh" XAMAS kuchlari tarafdori ekanligini rasman e`lon qildi

'"Hizbulloh" XAMAS kuchlari tarafdori ekanligini rasman e`lon qildi'ning rasmi

Livandagi "Hizbulloh" partiyasi G`azo sektori va boshqa hududlardagi Falastin shtab-kvartirasi bilan to`g`ridan-to`g`ri aloqada ekanligini va ularning harakatlari qonuniy ekanini aytdi, deb xabar berdi Al Mayadeen telekanali.

Partiya Xamas tomonidan Isroilga qarshi boshlangan kurashini "keng ko`lamli qahramonlik operasiyasi" deb atadi. Bayonotda ta`kidlanishicha, Falastin qarshilik jangchilarining "Isroil hukumati va ko`chmanchilar jinoyatlariga javoban" harakatlari mutlaqo qonuniydir. "Hizbulloh" arab davlatlari xalqini ham Falastin xalqini qo`llab-quvvatlashga chaqirdi.

Bayonot matnida "Hizbulloh"ning qurolli qanoti falastinliklar va Isroil armiyasi o`rtasidagi to`qnashuvlarni diqqat bilan kuzatayotganiga ishora qiladi.

Eslatib o`tamiz, 7 oktyabr kuni G`azo hududini nazorat qilib kelayotgan HAMAS harakati Isroil hududida keng ko`lamli urush harakatlarini boshladi. XAMAS harakati ma`muriyati operasiya Isroilning Al-Aqso masjididagi “qizil chiziqlar”ni bir necha bor buzganiga javob ekanini ma`lum qilgan.

Isroilda favqulodda holat e`lon qilindi. Mamlakat mudofaa kuchlari (IDF) XAMASga qarshi “Temir qilichlar” operasiyasini boshladi.

Vaziyatning keskin kuchayishi munosabati bilan O`zbekistonning Isroildagi elchixonasi Konsullik bo`limi mazkur mamlakatda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolaridan barcha zarur ehtiyot choralarini ko`rishni so`ragan edi.

 

 

    Boshqa yangiliklar