O`zbekistonlik qizlar jamoasi AQShning Kaliforniya shtatida bo`lib o`tgan "Pitch Day" tanlovida "Social Impact Award" nominasiyasida g`oliblikni qo`lga kiritdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
"Pitch Day" tanlovi istiqbolli startaplar uchun investorlarni topish platformasi hisoblanadi. Unda startaplar, investorlar, inkubator va boshqa yo`nalishlar vakillari norasmiy sharoitda bir-birlari bilan tanishadilar. Platforma hamkorlikni rag`batlantiradi va umuman, startap ekotizimini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Jamoa O`zbekistondagi maktablarda laboratoriya va ilmiy jihozlarning etishmasligi muammosini hal qilishga yo`naltirilgan "Sinov" virtual laboratoriyasi ilovasini ishlab chiqdi.






