HAMAS terroristik tashkilotining G`azo sektoridan uyushtirgan hujumidan so`ng halok bo`lgan isroilliklar soni 600 dan oshdi, 2000 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda Kan davlat teleradiokompaniyasi xabar berdi.
Isroil rasmiylariga ko`ra, bu raqamlar yakuniy emas, o`lganlar va yaradorlar soni ko`payishda davom etadi.
Yo`qolgan va o`g`irlab ketilgani taxmin qilinayotgan shaxslar ro`yxatiga aniqlik kiritilmoqda.
Mamlakatda favqulodda holat e`lon qilingan, Isroil Bosh vaziri sodir bo`layotgan voqealarni urush deb atab, zahiradagilarni safarbar etilishini e`lon qilgan.
Bundan tashqari, Isroil Mudofaa kuchlarining 26 nafar askari, jumladan polkovnik, podpolkovnik va mayor halok bo`ldi. 400 ga yaqin HAMAS jangchisi yo`q qilingan.






