1

UEFA Evro-2024 saralashidan o`rin olgan Isroil va Shveysariya o`rtasidagi o`yinni kechiktirdi

Sport 09.10.2023, 11:33
UEFA Evro-2024 saralashidan o`rin olgan Isroil va Shveysariya o`rtasidagi o`yinni kechiktirdi

UEFA 2024 yilgi Evropa chempionati saralash bosqichidan o`rin olgan Isroil va Shveysariya terma jamoalari o`rtasidagi o`yinni boshqa muddatga ko`chirishga qaror qildi, deb yozadi “TASS” tashkilot matbuot xizmatiga tayanib.

O`yin 12 oktyabr kuni Isroilda bo`lib o`tishi kerak edi.

UEFA shuningdek, 21 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi 2025 yilgi Evropa chempionati saralash turniri doirasida rejalashtirilgan mamlakatdagi o`yinlarni qoldirdi: Isroil - Estoniya (asl sana - 12 oktyabr), Isroil - Germaniya (17 oktyabr).

Avvalroq, UEFA Isroil mezbonlik qilishi kerak bo`lgan Evro-2024 saralash o`yinlarini keyinga qoldirgan edi.

Ma`lumot uchun, 7 oktyabr kuni Isroil mudofaa kuchlarining G`azo sektorida Falastin tomonining yirik raketa otishlariga javoban harbiy amaliyoti boshlandi. G`azodan o`qqa tutilishi fonida Isroil Mudofaa vaziri zahiradagi askarlarni harbiy xizmatga chaqirishni buyurdi, Xamas harakati esa Isroilga qarshi harbiy operasiya boshlanganini e`lon qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1