AsosiyDunyo

Isroildan O`zbekistonga aviareyslar bekor qilingani yo`q — elchixona

'Isroildan O`zbekistonga aviareyslar bekor qilingani yo`q — elchixona'ning rasmi

O`zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroilda bo`lib turgan fuqarolardan O`zbekistonga uchish uchun bemalol aviachipta olishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, fuqarolardan Isroildagi yaqinlari yo`qolgan yoki yaralangan bo`lsa, konsullik bo`limini xabardor qilish so`raldi.

"Hozirgi kunga qadar Isroildan O`zbekistonga uchadigan aviareyslar bekor qilingani yo`q. Ketish istagidagilar bemalol aviachipta olib, uchishlari mumkin. O`zgarishlar to`g`risida xabar beriladi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, fuqarolardan Isroildagi O`zbekiston fuqarolari bo`lgan yaqinlari, do`stlari yoki tanishlari yo`qolgan, yaralangan bo`lsa, konsullik bo`limini o`z vaqtida xabardor qilish so`ralmoqda.

Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun telefon raqam: +972 54 485 1397.

Uzbekistan Airways'ga ko`ra, Tel-Avivdan Toshkentga eng yaqin reyslar 10, 12 va 15 oktyabr kunlariga rejalashtirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar