Qozog`istonda o`z farzandlarini zo`rlagan o`zbekistonlik erkakka nisbatan hukm o`qildi, deb xabar beradi kazlenta.kz.
O`zbekiston fuqarosi mast holda voyaga etmagan qiziga nisbatan jinsiy zo`ravonlik qilish jinoyatini sodir etgan.
Sud jarayoni yopiq eshiklar ortida o`tgan. Ma`lum bo`lishicha, erkak ikki farzandi – qizi va o`g`liga nisbatan uch yil davomida bir necha marta jinisiy zo`ravonlik qilgan.
Sudlanuvchining aybi jabrlanuvchilar, ularning qonuniy vakili, guvohning ko`rsatmalari, ekspert xulosalari bilan aniqlangan. Sudlanuvchi va uning advokati unga qo`yilgan ayblovlarga rozi bo`lmay, oqlashni so`ragan.
Sud mast holda jinoyat sodir etilishini javobgarlik va jazoni og`irlashtiruvchi holat deb topib, jazoni engillashtiruvchi holatlarni aniqlamagan. Sud sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, ishning holatlari, aybdorning shaxsini hisobga olgan holda, eng og`ir jazoni tayinlash zarur degan xulosaga kelgan.
Jinoyat ishlari bo`yicha ixtisoslashtirilgan tumanlararo sudi hukmiga ko`ra, ushbu shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.






