AsosiyDunyo

O`zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Erdo`g`an bilan uchrashdi

'O`zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Erdo`g`an bilan uchrashdi'ning rasmi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`an Turkiyaning “Adolat va taraqqiyot” partiyasining navbatdagi katta kongressida ishtirok etgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilovni qabul qildi.

Uchrashuvda keyingi yillarda O`zbekiston-Turkiya munosabatlari ikki va ko`p tomonlama hamkorlik shaklida rivojlanib borayotgani, mintaqalar o`rtasidagi aloqalar sezilarli darajada jonlanib, muntazamlik kasb etib borayotgani qayd etildi.

Shuningdek, uchrashuvda ikki davlat o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xususan parlamentlararo aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish masalasiga ham urg`u berildi.

    Boshqa yangiliklar