AsosiySalomatlik
5312

Qaysi yoshda qanday tekshiruvlardan o`tish kerak?

25 yoshda...

— Har yarim yilda ginekolog nazoratida bo`lish lozim. Boisi bu yoshda bachadon bo`yni eroziyasi xavfi va boshqa shamollashlar kuchliroq bo`ladi.

Mammolog ko`rigidan o`tishni ham yoddan chiqarmang. Mastopatiya yoshlikda boshlanadigan xastalik.

— Yilda ikki marotaba stomatologga ham uchrang. 

30 yoshda...

— Bu yoshda endometrioz, bachadon miomasi, tuxumdon o`simtasi, mastopatiya kabi kasalliklarga chalinish ehtimoli kuchli. Shuning uchun bir oyda bir marotaba ginekolog qabulida bo`ling.

— Qalqonsimon bez bilan muammolar yuzaga kelishi ham mumkin. Birdan kayfiyatingiz buzilsa, kechasi uxlolmasangiz, darhol endokrinologga ko`rining. Gormonlarni aniqlash uchun qon topshiring va qalqonsimon bezni ultratovush apparatida tekshirtiring.

— Homiladorlik, tug`ruq, abort — bularning bari beiz ketmaydi. Natijasi sifatida varikoz, grija va bavosil paydo bo`lishi mumkin. Shunday ekan, jarroh ko`rigini ham kanda qilmang!

40 yoshda...

— Bu yoshda sog`liqqa alohida e`tibor qaratish lozim. Oxirgi yillarda ayollardagi klimaks shu yoshda boshlanayapti. Hayz ko`rish muddatida qorinning pastki qismi yo belda og`riq sezsangiz, ginekolog huzuriga shoshiling. Hozirgi kunda har uch ayoldan biri mioma sabab bachadondan qon ketishi sabab jarrohlik stoliga yotayotgani hech kimga sir emas.

— Bir yilda bir marotaba mammografiya (sut bezlari rentgeni) qildirish kerak. Ellik yoshdan esa bir yilda ikki marta.

— Ko`rishning xiralashishi va bosh og`rig`i bezovta qilishi mumkin. Bu glaukoma — ko`k suv kasalligining alomatlari. Bu muammodan qutulishda sizga okulist yordam beradi.

— Qandli diabetning ikkinchi bosqichi ham shu yoshda uchraydi. Bir yilda kamida bir marta qand miqdorini tekshirish uchun qon topshirsangiz, kasallikning oldini olgan bo`lasiz.

Boshqa yangiliklar