AsosiyDunyo

Rossiyada o`zbekistonlik erkak lift shaxtasiga qulab halok bo`ldi

'Rossiyada o`zbekistonlik erkak lift shaxtasiga qulab halok bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning 7 oktyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 32 yoshli o`zbekistonlik erkak lift shaxtasiga yiqilish oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Fontanka.ru” xabar berdi

Xabarda aytilishicha, 32 yoshli marhum O`zbekiston fuqarosi bo`lgan, u Stachek shoh ko`chasi, 59-uyda joylashgan 7 qavatli binoning yuqori qavatidan lift shaxtasiga tushib ketgan. 

“Vafot etgan o`zbekistonlik ishlagan binodagi qurilish jarayoni Kapital ta`mirlash jamg`armasining buyurtmasi bo`lib, reja bo`yicha ish keyingi haftada yakunlanishi kerak bo`lgan”, deyiladi xabarda.

Hozirda prokuratura mazkur holatda Mehnatni muhofaza qilish to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilgan yoki yo`qligini tekshirilmoqda. Shuningdek, huquq-tartibot idoralari ishchining o`limi sabablarini o`rganmoqda.

    Boshqa yangiliklar