AsosiyDunyo

Xamas Rossiyaga qo`llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi

'Xamas Rossiyaga qo`llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi'ning rasmi

XAMAS Rossiyaga ko`rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi va muzokaralarga tayyorligini bildirdi.

Hamas siyosiy byurosi raisi o`rinbosari Musa Abu Marzuk Qatarning Al-Jazira telekanaliga bergan intervyusida Isroilga qarshi qaratilgan Al-Aqsa operasiyasi maqsadlariga erishilganini ma`lum qildi. Uning aytishicha, Rossiyaning BMT Xavfsizlik kengashi yig`ilishida Falastin-Isroil mojarosi bo`yicha tutgan pozisiyasi munosibdir.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroildagi mojaroni hal qilish bo`yicha o`z qarashlarini taklif qilgani haqida xabar berilgan edi. Putinning fikricha, Yaqin Sharqdagi mojaroni hal qilishda “ko`rpani tortib olishga uringan” Qo`shma Shtatlarning harakatlari Falastin xalqi manfaatlarini hisobga olmadi. Bu fikrni u Iroq bosh vaziri Muhammad al-Sudaniy bilan muzokaralar chog`ida bildirdi. Rossiya rahbarining fikricha, suveren Falastin davlatini yaratish zarur.

    Boshqa yangiliklar