AsosiyDunyo

Falastin-Isroil urushi qurbonlari 2000 nafardan oshdi

'Falastin-Isroil urushi qurbonlari 2000 nafardan oshdi'ning rasmi

Falastin-Isroil o`rtasidagi qurolli to`qnashuvlar oqibatida ikkala tomondan 2000 dan ortiq kishi halok bo`ldi. Bu haqda Kan telekanali xabar qildi.

G`azo Sog`liqni saqlash vazirligining so`nggi ma`lumotlariga ko`ra, 900 nafar falastinlik halok bo`lgan, ularning yarmiga yaqini ayollar va bolalar. Shuningdek, 4500 nafar shaxs yaralangan.

G`arbiy Sohilda 21 falastinlik halok bo`lgan, o`nlab odamlar yaralangan. 

Avvalroq Isroil mudofaa kuchlarining milliy radiostansiyasi qurbonlar soni 1000 nafarga etganini xabar qilgan edi.

Ayni paytda G`azo sektori va Misr o`rtasidagi yagona chegara punkti Isroil armiyasi tomonidan vayron qilingan. 

O`z navbatida, bu Rafah hududida qurol kontrabandasi uchun er osti tunnel qazilgani, shu sababli o`qqa tutilgani bilan izohlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar