AsosiyDunyo

14 oktyabrda qisman Quyosh tutilishini kuzatishi mumkin

'14 oktyabrda qisman Quyosh tutilishini kuzatishi mumkin'ning rasmi

Joriy yilning 14 oktyabr kuni Er yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – qisman Quyosh tutilishini kuzatishi mumkin. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, bu 2023 yildagi so`nggi Quyosh tutilishi hodisasidir. Ushbu jarayonda Quyosh halqa shaklida tutiladi. Ya`ni Oy Quyosh nurini to`liq to`sib qo`ymaydi, balki uning faqat markazini berkitib, yorqin halqa effektini hosil qiladi. 

Ushbu jarayon taxminan 5 daqiqa 17 soniya davom etishi kutilmoqda. AQSh, Markaziy Amerika, Kolumbiya va Braziliya aholisi ushbu astronomik hodisani kuzatishi mumkin. Ammo astronomik hodisani himoya vositalarisiz oddiy ko`z bilan tomosha qilish xavfli. Shu sababli qiziquvchilar uchun himoya plyonkali optik uskunadan foydalanish tavsiya etiladi.

Quyosh tutilishi Tinch okeanidan boshlanib Karib dengizi ustida tugaydi. 

Ma`lumot o`rnida, dunyoning yirik rasadxonalari ushbu voqeani to`g`ridan-to`g`ri translyasiya qiladi.

    Boshqa yangiliklar