1

Hasanboy Do`smatovning prof ringdagi navbatdagi jangi Sochida bo`lib o`tadi. Raqibi bu ham aniq...

Sport 11.10.2023, 13:45
Hasanboy Do`smatovning prof ringdagi navbatdagi jangi Sochida bo`lib o`tadi. Raqibi bu ham aniq...

Hasanboy Do`smatovning prof ringdagi navbatdagi raqibi, jang sanasi va manzili rasman ma`lum qilindi.

Unga ko`ra, Do`smatov 5 noyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida Janubiy Afrika Respublikasi vakili Sifamandla Baleniga qarshi ringga ko`tariladi. Hozirgi holat bo`yicha ushbu jang oqshomning markaziy to`qnashuvi sifatida qayd etilgan.

Ma`lumot uchun, o`yinchoq (ToyToy) laqabi bilan tanilgan Baleni faoliyati davomida 21 g`alaba (8 nokaut), 5 mag`lubiyat va 2 durang qayd etgan. U shu yilning 4 sentyabr kuni IBO World Minimum kamari uchun o`tkazgan 12 raundlik jangida Mzamo Maxifeniga ochkolar hisobiga ko`ra yutqazib qo`ygandi. Hasanboy Do`smatov esa 5 ta jangining barchasida zafar quchgan. Do`smatov — Baleni jangi 10 raund etib belgilangan

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1