Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Bryusselda o`tgan uchrashuvda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev bilan dastlabki kelishuvga erishilgani haqida ma`lum qildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi rahbari Armaniston jamoat televideniesiga bergan intervyusida xabar berdi.
“Bizning (Aliev bilan) Bryusseldagi uchrashuvimiz tomonlarning tinchlik sari intilish istagini bildiradi. Bu esa ikki-uch oy ichida tinchlik bitimini imzolanishini anglatadi. Menga har kuni chegarada o`t ochishni to`xtatish rejimi buzilgani haqida xabar berishadi va oxirgi 24 soat ichida faqat bitta o`q otilgan. Hozirda Armaniston-Ozarbayjon chegarasida hech qanday keskinlik yoki qo`shinlar to`plangani yo`q", dedi Armaniston Bosh vaziri.






